O‘zbekistonlik yoshlar o‘rtasida WBC chempionining navbatdagi jang sanasi ma’lum
Yoshlar o‘rtasida WBC jahon chempionlik kamari sohibi Ravshanbek Mahammatjonovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.
Professional boksning birinchi o‘rta vazn ( 69,853) toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan hamyurtimiz 15 iyun kuni AQShda ringga ko‘tariladi.
Hozircha raqib kim bo‘lishi aniq emas, bu borada ham tez orada oydinlik kiritiladi.
Yurtdoshimiz hozirgi kunga qadar, 12 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Raqiblarini 8 marotaba muddatidan avval taslim etgan.

Fikrlar