"O‘zgarishlar yaxshi tomonga ketdi" - Aliqulov qayd etilgan durang va hisobga olinmagan gollar haqida nima dedi?

  • 27 may, 00:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 11-turini yakunlab beruvchi bahs – “Mash’al” va “Bunyodkor” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Bellashuvdan keyin “Mash’al” bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- O‘yin shiddatli o‘tdi. “Bunyodkor” hujumkor jamoa. To‘pni nazorati yaxshi, ajoyib legionerlarga ega. Baland bo‘yli futbolchilari bor. Birinchi bo‘limda ko‘proq markazdan hujum qilmaslik uchun boshqa taktika tanlagandik. O‘yin davomida himoyalana oldik, ammo hujumga chiqishga qiynaldik. Gol o‘tkazib yubordik, ikkinchi bo‘limda esa birinchi bo‘limda etmagan tajovuzkor harakatlarni uqtirdik. Tanaffusdan keyin o‘yinni yaxshi boshladik va bosim uyushtirishga kirishdik. Yaxshi hujumlar uyushtirdik. Hisobni tenglashtirdik. Keyinchalik gol ham urdik. Ammo hisobga olinmadi. O‘yin oxirida yo ular yo biz g‘alabani ilib ketishimiz mumkin edi. Raqib qarshi hujumda jamoamizni jazoladi. Ammo VAR golni hisobga olmadi. Muvozanatni yo‘qotmasligimiz kerak edi. Bugungi mehnati uchun futbolchilarga minnatdorlik bildiraman.

- Ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Aytganingizdek, ikkinchi bo‘limda o‘yinga o‘zgarishlar kiritildi. Bunga aynan nima turtki bo‘ldi?

- Bu hisob ham bo‘lishi mumkin. Tan olish kerak, tezlik tomonlama yuqori bosim qildi. Biz sekin fikrladik, to‘p bilan sekin ishladik. Oddiy holatlarda to‘p uzatishlarida xatolarga yo‘l qo‘ydik. Shuning uchun hujumga chiqa olmadik. Himoyalandik, biroq ko‘p kuch yo‘qotdik. Ikkinchi bo‘limda taktikani o‘zgartirdik. Teparoqdan bosim qilishga harakat qildik. Qaysidir ma’noda himoyada birga-bir o‘ynashga to‘g‘ri kelardi. Chunki Kachorri bo‘ydor va jismonan baquvvat. O‘ylaymanki, ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishlarimiz yaxshi tomonga ketdi. Futbolchilar harakat qilishdi, jonini berishdi. Shu bois durangga erishdik.

- Hakamlik borasida nima deya olasiz?

- Birinchi biz gol urganimizda toza gol kiritdik, deb o‘yladik. VAR ancha vaqt ko‘rdi va hisobga olinmadi. “Bunyodkor” gol urgan holatda ham VAR ko‘rdi. Biz vaziyatni ko‘ra olmadik. TV orqali ko‘rganlarga osonroq. Hakamlar o‘z ishini qilishdi. Biz murabbiylar va futbolchilar esa o‘z ishini qilishdi.

-  Jamoangizning hujum chizig‘idagilarni 5 balli tizimda necha bahoga loyiq ko‘rasiz?

- “Bunyodkor”ga qarshi hujumdan himoya qilishimiz kerak. Chunki himoyalanishimiz lozim. Ko‘rdingiz, Xumoyunda vaziyat bo‘ldi. Ammo omad yuz o‘girdi. To‘p oldinda edi, bo‘shashdimi, gol urdim deb o‘yladimi, darvozabon ikkinchi harakati bilan to‘pni olib qo‘ydi. Og‘ir uchrashuv. Raqib bo‘ydor va yaxshi himoyalanadi. Xumoyun katta hajmdagi mehnatni bajardi. Norbekov esa biroz o‘yin tempiga kirishib keta olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!