Palmer nega 10-raqamni tanlagani haqida batafsil aytib berdi

  • 20 iyun, 17:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda "Chelsi"ning etakchi yarim himoyachisi Koul Palmer o‘zining raqamini o‘zgartirdi. Yangi mavsumdan boshlab u 10-raqamda maydonga tushadi. Avval ushbu raqam Mixail Mudrikka tegishli edi, ammo uning doping bilan bog‘liq muammolari sababli kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

Tecno

Palmer bu raqamga alohida munosabatda ekanligini aytib o‘tdi:

"Messi, Runi va shunga o‘xshash futbolchilar – menga ilhom bergan "o‘nlik"lardir. Men yoshlikda ham 10-raqamni kiyib o‘ynaganman. Bu raqam menga shunchaki yoqadi" – deya uning so‘zlarini keltiradi "Goal" portali.

Bundan avval angliyalik hujumkor yarim himoyachi "aristokratlar" safida 20 raqam ostida harakat qilayotgan edi. U o‘tgan mavsum ushbu raqam bilan birga, 47 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!