Palmerning qachon safga qaytishi ma’lum
"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Entso Mareska jamoa lideri Koul Palmerning qachon maydonga qaytishi haqidagi savollarga javob berdi.
"Koulning ahvoli yomonlashganini bilganimiz uchun uni asrashga qaror qildik. Uning jismoniy holatida ham muammolar bor. Shu sababdan Palmer FIFA kunlaridan so‘ng jamoaga qaytadi. Unga 2-3 haftaga dam berishni ma’qul qo‘rdik. Bu oraliqda uning to‘liq tiklanishi va sport formasiga qaytishiga umid qilamiz, - dedi Mareska.
Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchi APLning 5-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda o‘zini noqulay his qilgani uchun almashtirilgan edi.
Fikrlar