Parijliklar baribir Messini sig‘dirmadi, uni xafa qilib haydashdi

  • 04.06.2023 09:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempioni Lionel Messining PSJdagi faoliyati yakunlandi. Parij klubi futbolchilari chempionatning so‘nggi uchchrashuvida “Klermon” darvozasiga ikkita to‘p kiritgan bo‘lsa-da, bahsda 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Muddatidan oldin chempionlikni naqd qilgan PSJning sovrinni nishonlash tadbiri ko‘ngildagidek bo‘lmadi.

Butun uchrashuv davomida Lionel Messiga hushtakbozlik qilgan parijlik fanatlar bu qilig‘ini taqdirlash marosimida ham davom ettirdi. Ular Messidan tashqari bosh murabbiy Kristof Galtega ham hushtakbozlik qildi.

Buning oqibatida Lionel Messi va Kristof Galte marosimdan ketib qoldi. Ularga fanatlar bilan munosabati buzilgan Neymar ham qo‘shildi.

Ta’kidlash joizki, Messi joriy mavsumda 41 ta uchrashuvda 21 ta gol va 20 ta assist bilan jamoa chempionligiga munosib hissa qo‘shgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!