"Paxtakor" - "Surxon". Prevyu
Xabaringiz bor Superliganing 23-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Surxon"ni qabul qiladi. "Sherlar" matbuot xizmati esa ushbu uchrashuvga oid ayrim raqamlarni taqdim etdi.
Hozirga qadar jamoalar chempionatlar doirasida 25 marta to‘qnash kelishgan. Ularning 19tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1 bor durang natija qayd etilgan va 5 bahsda raqibning qo‘li baland kelgan. "Surxon" darvozasini 80 marta ishg‘ol qilgan "sherlar" o‘z darvozasidan 24 to‘p olib chiqishgan. Toshkentdagi 12 bellashuvning 11tasida "Paxtakor" g‘alaba qozonib, bir o‘yinda imkoniyatni boy bergan. O‘sha uchrashuvlarning 10tasida toshkentliklar yirik hisobda zafar quchishgan. So‘nggi 9 bahsda ketma-ket yirik muvaffaqiyat kuzatilgan. 2004 yil to‘qnashuvlar tarixidagi eng yirik natija "Paxtakor" g‘alabasi bilan qayd etilgan - 8:0.
Bahsni "Surxon" futbolchisi Abror Ismoilov sariq kartochkalar diskvalifikatsiyasi sababli o‘tkazib yuboradi. "Paxtakor"da esa bunday yo‘qotish mavjud emas.
"Paxtakor" va "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 31 oktyabr, payshanba kuni soat 18:15da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
"PAXTAKOR" – "SURXON"
Hakamlar: Asker Najafaliev, Ravil Shoyaxmetov, Aleksandr Burov, Farruh Yansupov.
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.
Komissar: Aleksandr Davidenko.

Fikrlar