"Paxtakor" bosh murabbiyi: Rahbariyatdan kechirim so‘raymiz

  • 25.04.2022 18:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" 27 aprel kuni Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistonining "Al-Ta’avun" klubiga qarshi bahs olib boradi. Bugun ushbu uchrashuvdan oldin matbuot anjumani tashkil etildi va unda "sherlar" ustozi Slavche Voyneski hamda yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev ishtirok etdi.

Voyneski:

- Ertaga oxirgi o‘yinimizni o‘tkazamiz. So‘nggi o‘yinda judayam omadsiz bo‘ldik. Vaziyatlardan foydalanmaslik oqibatida jazolandik. Futbolchilar bosimsiz erkin o‘ynashi mumkin. Mezbonlar esa keyingi bosqichga chiqishga urinishadi. Biz g‘alaba uchun harakat qilamiz. Tarkibda ba’zi o‘zgarishlar qilib, yoshlarga imkon berishimiz mumkin.

- Biz natijaga erishmaganimiz uchun butun jamoa bilan birga muxlislarimizdan, rahbariyatdan kechirim so‘raymiz. Aynan ijobiy natijalarni qo‘lga kirita olmaganimiz uchun ham g‘alaba maqsadida o‘ynash bizga ishtiyoq beradi.

Uch nafar futbolchi bizga yordam bera olmaydi. Biz qo‘ldan kelgancha yutuq uchun o‘ynaymiz. Futbolda doim kurashish zarur, maydonda borini berish lozim. Jamoa xarakteri shunda shakllanadi. Biz "Ta’avun"ga qarshi maydonda bor kuchimizni beramiz. Hozir eng yaxshi holatda bo‘lgan futbolchilar maydonga tushadi. Yosh futbolchilar o‘yin mobaynida imkoniyat oladi.

Fayzullaev:

- Ertaga so‘nggi o‘yin, afsuski, keyingi bosqichga siqa olmadik. "Ta’avun" yaxshi jamoa, yuqori saviyali ijrochilarga ega. Bahs qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Biz jamoa bilan zafar quchishga intilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ганишер
25/04/2022 21:41
Афсус, биз Пахтакордан куп нарсани кутгандик, энди охирги уйинда ғалаба қозониб очко олиш керак, янаги йилга асқотади, Шуу Пахтакорга узимиздан махаллий мураббий устозлик қилса зур буларди,мана Рузиқул Бердиев Осиёни титратдику.!!
Azam Xadjaev
25/04/2022 19:23
Chichib qoydinku latakor
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
25/04/2022 19:16
yahshi natija kursatib olmaganing bilan. hech bulmasa utkan yil Nasaf yiggan achkolarni havo sovurma. kvatalarimiz kamaymasin. iltimos. sandan. hech bulmasa ohirgi turga galaba gazonib. muhlislarmi hursand qil. va keyin yillar uchun achko yigib. quy
Ilhom Sheraliyev
25/04/2022 18:08
Жуда оғир вазият