"Paxtakor" bugun ukrain klubiga qarshi o‘ynaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan "Paxtakor" jamoasi bugun ushbu yig‘in doirasidagi o‘zining birinchi nazorat bahsini Ukrainaning "Minay" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Ujgorod shahri sharafini himoya qiluvchi ushbu klub 2015 yilda tashkil etilgan va qisqa fursatda Ukraina premer-ligasi ishtirokchisiga aylangan. Tarkibining asosiy qismi mahalliy futbolchilardan iborat. Ilgari "Sherlar" bu raqib bilan to‘qnash kelishmagan.

Bellashuv 7 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Sidedagi stadionda boshlanadi.

PAK - MIN

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!