
"Paxtakor" futbolchisi jamoani erkin agent sifatida tark etdi. Klub legionerga aylangan futbolchiga omad tiladi
Yarim himoyachi Dostonbek Hamdamov "Paxtakor"ni erkin agent sifatida tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Hamdamov bilan toshkentliklar o‘rtasida tuzilgan shartnoma yakunlangani sababli, yarim himoyachi jamoa bilan xayrlashdi. Dostonbek ikki mavsum davomida "sherlar" tarkibida Superigada 48 o‘yinda 16 gol urgan bo‘lsa, Chempionlar Ligasida 15 uchrashuvda maydonga tushdi. Ichki kuboklarda esa, 11 bahsda 8 gol muallifiga aylandi. Ikki yilda u "Paxtakor" bilan besh sovringa ega chiqdi. Faoliyatini BAA chempionatida davom ettirishga qaror qilgan Hamdamovga klub omad tiladi.
Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi BAAning "Al-Nasr" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Fikrlar