
"Paxtakor" futbolchisi "Qo‘qon-1912" yig‘inida ishtirok etmoqda
"Qo‘qon-1912" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning 2-bosqichini Toshkent shahrida o‘tkazmoqda. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda shug‘ullanmoqda.
Avvalroq, jamoa safiga Qarshining "Nasaf", Bekobodning "Metallurg" jamoalarida to‘p tepgan yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev, jamoa muxlislariga tanish bo‘lgan yarim himoyachi Sobit Sindarov, shuningdek, hujumchi San’at Shixov "shunqorlar"ning mashg‘ulotlarida ishtirok etayotganini xabar bergandik.
Endi esa SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Paxtakor" klubi a’zosi Vladimir Kozak "Qo‘qon-1912" yig‘inida qatnashmoqda. Himoya va yarim himoyada ham to‘p tepa oladigan futbolchi qo‘qonliklar safida yangi mavsumni boshlashi kutilmoqda.
Fikrlar