
"Paxtakor" klubiga oid qiziq fakt!
Superligada "Paxtakor" jamoasi o‘tgan 15 bellashuvning 10tasida to‘p o‘tkazib yubormadi.
So‘nggi 9 uchrashuvda "sherlar" o‘z darvozasidan faqat bir marta gol qo‘yvordi. "Lokomotiv" jamoasi ushbu ishni uddalagan. Raqiblardan birgina "Nasaf" bittadan ortiq gol ura olgan. Eldor Suyunov joriy mavsum 4 o‘yinda to‘liq o‘ynagan va hozircha darvozasidan to‘p o‘tkazmadi. Sanjar Quvvatov esa 11 bahsda 6 to‘p o‘tkazib, 6ta quruq o‘yin o‘tkazgan.
2021 yilgi mavsumda jami 23 o‘yinning 15tasida "Paxtakor" darvozasi daxlsizligi saqlanib qolgan.
Fikrlar