"Paxtakor" murabbiyi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan bahsda "Paxtakor" "Sepaxon"ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Slavche Voynevski quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. 

- O‘yinni ikkiga bo‘lgan bo‘lardim. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, gol urdik, yaxshi harakatlandik. Biroq ikkinchi bo‘limda standart holatlardan keyin ikki marta qo‘pol xato qildik va hisobda ortda qola boshladik. Keyin oldinga tashlanib, uchinchi golni o‘tkazdik.

Ruhiy va jismoniy tayyorgarlik yonma-yon yuradi. Xatolarni e’tiborni yo‘qotganimiz bilan izohlagan bo‘lardim. Bu bizga qimmatga tushdi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, buning uchun ularga rahmat.

"Al Ta’avun" bilan oson bo‘lmaydi. Guruhda barcha bellashuv og‘ir kechadi, buni o‘yindan oldin ham aytib o‘tgandim. Yaxshi saviyali jamoalar jamlangan guruhdan joy olganmiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Oybek Maxammadiyev
08/04/2022 22:01
Luboy guruhda yutqizasan. Nima qilasan o'zingni oqlab. O'yin yuqku. Tan olish kerakda
АРЗИКУЛОВ Абдигани
08/04/2022 18:55
Ха судялар Узбекистондан эмас эканми? Суперлигани чемпионлиги сенга брон килинганку етади.
Alimjanovich Abdulhafiz
08/04/2022 05:43
Paxtakor aqlli gol urdi lekin 3 yegandan kegin qaradiki bu Napitka superligamas ekan
Аминжон Ахмедов
08/04/2022 04:19
Бу биринчи маротаба эмас .урганасиз маглубиятларга чунки бу узбекистан суфер лига и эмас
&
Каримов Нозиржон
08/04/2022 04:13
Ака адашип кеп колипсиз пахтааакорга у ерда силарга хеч ким ен босмайди холол уйин булади
&
Лочин2022
08/04/2022 00:43
Маглубият аламли эмас аксинча хакли булди , буларга бунисиям кам.