
"Paxtakor" nazorat o‘yinida "Dinamo" bilan durang o‘ynadi
O‘tgan yil O‘zbekiston Superligasi oltin medallariga ega chiqqan "Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlikni Qibrayda olib bormoqda.
Bugun Maksim Shatskix shogirdlari Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bahs jamoalarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.
"Sherlar" safida yagona gol 15-daqiqada Giorgi Papava tomonidan kiritildi. "Arslonlar"ning goliga 77-daqiqada Xurshid Ubaydullaev mualliflik qildi.
Fikrlar