"Paxtakor" OChLda yubiley o‘yin o‘tkazish arafasida. Shota Arveladze shogirdlari bugun g‘alaba qozona oladimi?

  • 17 sentabr, 2020, 15:32
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" bugun Osiyo Chempionlar Ligasida o‘zining yubiley 100-uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

"Paxtakor" hozirga qadar Osiyo Chempionlar ligasida 99 bellashuv o‘tkazib, 45 g‘alaba, 18 durang va 36 mag‘lubiyat qayd etgan. Raqib darvozasiga 141 to‘p kiritib, darvozasidan 128 gol qo‘yib yuborgan va 153 ochko to‘plagan. Ilk o‘yin bundan deyarli 18 yil avval Toshkentda Iordaniyaning "Al Vihdat" jamoasiga qarshi o‘tkazilib, unda toshkentliklar 3:0 hisobida zafar quchgan. Shuningdek, chempionlar musobaqasi sanalgan Osiyo Chempionlari Kubogida ikki o‘yin o‘tkazilgan.

Osiyo klublar musobaqalarida jamoa jami 115 bellashuvda maydonga tushib, 52 g‘alaba, 20 durang hamda 43 mag‘lubiyatga ega. Raqiblar darvozasi 183 marta ishg‘ol qilinib, 160 gol o‘tkazilgan. Shunday qilib, "Paxtakor" bugun "Al-Hilol"ga qarshi Chempionlar Ligasida yubiley yuzinchi, Osiyo klublar musobaqalarida esa 116-bellashuvida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!