
"Paxtakor" sobiq murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi bahs Rossiya terma jamoasi uchun mutlaqo keraksiz"
Rossiyalik murabbiy Aleksandr Grigoryan Rossiya terma jamoasining Tojikiston (17 noyabr) va O‘zbekiston (20 noyabr) bilan bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlari haqida fikr bildirdi.
"Jamoamiz mutlaqo foydasiz ikkita o‘yin o‘tkazadi, ammo bu bellashuvlar uchun (reytingda) ochkolar beriladi. Ammo bu o‘yinlar biz uchun mutlaqo keraksiz. Shu sababli, bu uchrashuvlar bizning foydamizga bo‘ladi deb o‘ylayman", - deydi Grigoryan.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 17:00da boshlanadi. Shuningdek, vakillarimiz 16 noyabr kuni Qozog‘iston bilan ham nazorat o‘yini o‘tkazadi.
Ma’lumot o‘rnida, Grigoryan 2015 yilning iyul-avgust oylarida “Paxtakor” jamoasida maslahatchi murabbiy bo‘lib ishlagan
Fikrlar