"Paxtakor" ta’tilga chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2021 yilgi mavsumni yakunlagan "Paxtakor" jamoasi a’zolari 5 yanvargacha ta’tilga chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, jamoa kelgusi mavsumga tayyorgarlikni 5 yanvardan Toshkentda boshlaydi. Milliy terma jamoaning yanvardagi yig‘ini sababli xorijda yig‘in faqat fevral oyida o‘tkazilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yakuniga etgan mavsumda "Sherlar" O‘zbekiston chempioniga aylanib, Superkubokni qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!