"Paxtakor" yarim himoyachisi Superligada maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" futbolchisi Muhammadali O‘rinboev "Superliga-2021"da maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.

"So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinda "sherlar" tarbiyalanuvchisi, yarim himoyachi Muhammadali O‘rinboev asosiy tarkibda debyutini o‘tkazdi.

U 16 yosh 183 kunligida asosiy jamoa safida birinchi bor maydonga tushirildi. Shu tariqa O‘rinboev joriy mavsumda Superligada o‘ynagan eng yoshi kichik futbolchi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!