Penaltidan gol urolmagan Ronaldu nima dedi?

  • 13.06.2020 14:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya kubogi yarim finalida “Milan” darvozasini penaltidan ishg‘ol qila olmagan Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ning finalga chiqqaniga o‘z munosabatini bildirdi.

- Restart kutganimizdan boshqacha bo‘ldi. Lekin biz maqsadga erishdik. Rim, mana biz!, - deb izoh qoldirdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

“Yuventus” safar uchrashuvida kiritilgan gol qoidasiga ko‘ra finalga chiqdi. Chunki Milanda o‘tgan dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Turindagi javob o‘yinida birorta gol kiritilmadi.

Italiya kubogi finali 17 iyun kuni Rimda bo‘lib o‘tadi.

Ronalduning yulduzli onlari hali oldinda yoxud u nega "Yuventus"da qolishi kerak?

Jorjina Rodriges: Ronalduning oldida uyalib qoldim

U Ronaldu darajasiga chiqishi kerak

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!