Perishich APL klubiga o‘tishi mumkin

  • 09.01.2021 13:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem" o‘z safini "Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich bilan kuchaytirmoqchi.

Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, "shporlar" allaqachon 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Londonliklar uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi.

Perishich joriy mavsum “Inter” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi 10 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!