Pirlo: "Yuventus" "Barselona"dan kuchli
Italiyalik mashhur futbolchi Andrea Pirlo o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan "Yuventus"ning Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari borasida fikr bildirib o‘tdi.
“Menimcha “Yuventus” “Atletiko”ga qarshi bahsda na’munaliroq o‘yin ko‘rsatdi. Turinliklar Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun etarli kuchga ega bo‘lsalarda, aslo Madridda bo‘lagidek o‘yin ko‘rsatmasliklari lozim. “Yuventus” “Barselona”dan ham kuchliroq deb o‘ylayman”, - deydi Pirlo.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” EChL 1/8 finalining dastlabki bahsida Madridda “Atletiko”ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Biroq, Turinda bo‘lib o‘tgan javob bahsida 3:0 hisobida zafar quchib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Ular chorak finalda “Ayaks”ga qarshi kurash olib borishadi.

Fikrlar