Pirloga "Sassuolo" futbolchisi kerak

  • 21.11.2020 15:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” hali ham “Sassuolo” xavbeki Manuel Lokatellini sotib olish  fikridan qaytmayapti.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 22 yoshli italiyalik futbolchini shaxsan “keksa sinora” bosh murabbiyi Andrea Pirlo tarkibga olib kelishni xohlamoqda. Ushbu transfer “Yuventus” va “Sassuolo” klublari o‘rtasidagi iliq munosabatlar sabab osonroq amalga oshishi aytilmoqda.

Manuel Lokatelli joriy mavsum A Seriyada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!