
Pogba “Manchester Yunayted”dan qachon ketishi aniq bo‘ldi
Frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba “Manchester Yunayted”ni tark etish maqsadida klub taklif qilgan yangi shartnomani imzolamadi.
Pogba Sulsher jamoasidan 2021-2022 yilgi mavsum oxirida, amaldagi shartnomasi butunlay yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida ketishni ma’qul ko‘rmoqda.
Polning bu qarori “Manchester Yunayted”ni qiyin vaziyatga solib qo‘ydi. Chunki manchesterliklar shartnoma imzolanmaydigan bo‘lsa, yozda uni sotib yuborib, transferdan keladigan mablag‘larni boshqa futbolchilar uchun sarflashni mo‘ljallayotgan edi.
Fikrlar