Pogba pulni tanlaydimi yoki "Yuventus"ni?

  • 20.05.2022 03:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" yarim himoyachi Pol Pogba bilan muzokaralarda PSJni engishiga ishonyapti. 

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Turin klubi Pogba PSJ ko‘proq pul taklif qilishiga qaramay, uning "byankonerilar" safiga qaytishni xohlayotganini biladi.

"Yuventus" yaqin kunlarda frantsiyalik futbolchining agentlari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transferni muhokama qilmoqchi. Polning o‘zi hozircha kelajagi borasida aniq bir qarorga kelmagan. 

Xabaringiz bor, shu yili yozda 29 yoshli pleymeykerning MYu bilan shartnomasi yakuniga etadi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!