"Portu" "Barselona" yarim himoyachisini ijaraga olishga yaqin turibdi

  • 20.07.2023 17:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Portu" "Barsa" vakili Niko Gonsalesni sotib olish sharti bilan ijaraga olishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachi va Portugaliya klubi o‘rtasida deyarli kelishuv amalga oshdi. Ikkala jamoa ham muzokaralarni davom ettirmoqda. Kataloniyaliklar shartnomaga futbolchini qayta sotib olish bandini ham kiritmoqchi.

Ma’lumot uchun, Niko "Barsa"ning mavsum oldi turnesidan joy olmadi. U o‘gan mavsumni ham ijara asosida "Valensiya"da o‘tkazgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!