Portugalia terma jamoasi murabbiysiz qoldi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez 2026 yildgi jahon chempionatida 1/8 finalda mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqida Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) rasmiy ma’lum qildi.
Dushanba kuni Portugaliya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi bahsda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tayotgan mundialdan chetlab qoldi. OAV tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, jamoaga endi 71 yoshli Xorxe Jezush boshchilik qilishi kutilmoqda.
Roberto Martinez 2023 yildan buyon Portugaliya terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 2025 yilda Millatlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar