
Poterya: "Bir kun kelib men UFC chempioni bo‘laman"
Ukrainalik o‘rta vazn toifasidagi jangchi Igor Poterya "UFC Fight Night 236" turnirida polshalik Robert Brychek ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men yoshman, jangga chanqoqman. Bu erda meni hech kim enga olmaydi. Men Xudoga ishonaman, o‘zimga ishonaman va bir kun kelib o‘rta vaznda UFC chempioni bo‘laman. Olti kun oldin menejerim Ali Abdel-Aziz menga qo‘ng‘iroq qilib, jangga tayyormisiz, deb so‘radi. Men hamisha tayyorman, deb javob berdim. Shu olti kun ichida 14 kilogramm vazn yo‘qotishim kerak edi va buni uddaladim. Keyingi janglarimda muddatidan oldin g‘alaba qozonaman”, - dedi Poterya jangdan keyin.
Eslatib o‘tamiz, Poterya ochkolar hisobiga (30–27, 30–27, 29–28) Brychekni mag‘lub etgandi.
Fikrlar