
Potter: "Ayni dam bizga qiyin"
"Chelsi" murabbiyi Grem Potter "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) jamoasining o‘yin rejasini to‘liq amalga oshirganini ta’kidladi.
"Agar Raxim va Pulishichni yo‘qotganimiz hisobga olinsa, vaziyatimizni barcha tushunishi kerak. Bu top-klubga qarshi og‘ir o‘yin edi. Natijaga qaramay, futbolchilar bilan faxrlanish tuyg‘usini his qildim.
Ayni dam bizga qiyin. Muxlislar bunday damda biz bilan birga bo‘lishi kerak. Alamli mag‘lubiyat! Futbolchilar men so‘ragan hamma narsani qilishdi. Biz yuqori bosimga berilib ketdik va raqib uchun bo‘sh zonalar ochdik. Raqibni "Manchester Siti" ekanligini unutmaslik kerak edi. O‘z darajamizda qolish uchun barcha qiyinchiliklarni engib o‘tishga harakat qilamiz", dedi Potter.
Fikrlar