Prevyu. “Navbahor” – “Nasaf”

  • 21.08.2019 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ertaga O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasida "Navbahor" o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 45 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 22 tasida “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 12ta uchrashuvda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan,  11ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 76-62, “Nasaf” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Nasaf” 77 ochkoni,  “Navbahor” esa 47 ochkoni qo‘lga kiritgan. Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 6:0 hisobi  Namanganda va Qarshida qayd etilgan.

Prevyu. Navbahor Nasaf

“Navbahor” hamda “Nasaf” jamoalari bungacha Namanganda 22 marta kuch sinashishgan. Mazkur bahslarning 9 tasida namanganliklar zafar quchishgan bo‘lsa, 4 tasida qarshiliklar g‘alaba qozonishgan, 9ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

Namanganda o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “lochinlar” “Nasaf” darvozasini 42 marta ishg‘ol etishgan bo‘lsa, “ajdarlar” “Navbahor” darvozasiga  24ta to‘p kiritishgan.

Mazkur klublarning O‘zbekiston kubogidagi natijalariga nazar soladigan bo‘lsak, “Navbahor” billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 va 1998 yillarda qo‘lga kiritgan hamda 1993 yili final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahsda “Paxtakor”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.

“Nasaf” esa 1 marta – 2015 yili O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan hamda ushbu musobaqaning 5 karra (2003, 2011, 2012, 2013, 2016) finalchisi hisoblanadi.

E’tiborlisi, qarshiliklar O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi bahsida ikki marta “Paxtakor”, ikki marta “Bunyodkor” va bir marta “Lokomotiv”dan mag‘lubiyatga uchrashgan.

Ushbu klublar O‘zbekiston kubogi bahslarida o‘zaro 5 marta uchrashishgan. Afsuski, mazkur o‘yinlarning barchasida qarshiliklar zafar quchishgan.

Jumladan, O‘zbekiston kubogining 2000/2001 yillar mavsumi 1/8 finalida “Nasaf” yirik – 3:0 hisobida, 2002/2003 yillar mavsumining yarim final bahslarida “ajdarlar” – 2:1 hamda 3:1, 2014 yilgi mavsumning chorak final o‘yinlarida esa qarshiliklar 1:0 va 3:1 hisoblarida g‘alaba qozonishgan.       

“Navbahor” – “Nasaf” klublari o‘rtasidagi bahslar doimo murosasiz hamda keskin kurashlar ostida kechgan va bu safargi o‘yin ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shaxboz Bekmurodov
22/08/2019 09:27
Navbahor 0:2 PFC NASAF