Prezidentimiz Samarqandda yosh shaxmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Yoshlar kreativ shaharchasi va jamoat bog‘i bilan tanishishdan boshladi.
Tashrif davomida davlatimiz rahbari hududda joylashgan viloyat shaxmat federatsiyasi faoliyati, yosh shaxmatchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdi. Mazkur maskanda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish, turnirlar tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Uchrashuv davomida Olimpiada chempioni Jahongir Vahidov ham ishtirok etdi.
Yangi barpo etilgan Yoshlar kreativ shaharchasi yoshlar uchun nafaqat dam olish maskani, balki intellektual rivojlanish, jumladan, shaxmat bilan shug‘ullanish uchun muhim markaz bo‘lib xizmat qiladi.
Fikrlar