PSJ 3 ta futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 30.06.2020 09:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Pari Sen-Jermen" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali himoyachi Tyago Silva bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 35 yoshli braziliyalik futbolchi PSJ safida joriy mavsum oxirigacha, ya’ni Chempionlar ligasi yakunigacha to‘p suradi.

Xuddi shunday shartnoma darvozabon Serxio Riko va hujumchi Erik Shupo-Moting bilan ham imzolandi.

Bundan avvalroq Silva  PSJdan “Everton”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. U joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!