PSJ "Atletiko"ga Kavanining narxini e’lon qildi

  • 1 iyun, 2019, 10:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi "Atletiko" Madridning qiziqishlariga sabab bo‘layotgan hujumchi Edinson Kavanining narxini e’lon qildi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 32 yoshli urugvaylik futbolchini 50 mln evroga baholamoqda. O‘z navbatida Kavani ham “matraschilar” safiga borib qo‘shilishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Kavani joriy mavsum PSJ safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 23ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!