PSJ "Barselona" futbolchisini sotib olishdan bosh tortdi

  • 08.08.2023 19:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

PSJ Ansu Fati bilan shartnoma imzolamaydi. 

Avvalroq, Parij klubi "Barselona" vingeri bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi, kataloniyaliklar esa ushbu transferga qarshilik bildirmasligi haqida xabar chiqqandi. 

"RMC Sport" jurnalisti Fabris Xokins bergan xabarga ko‘ra, PSJga ispaniyalikning xizmatlari taklif qilingan, ammo parijliklar ushbu taklifni rad etgan. 

Avvalroq, Fatiga Saudiya Arabistoni hamda APL klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar chiqqandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!