PSJ bu hujumchi uchun APL grandlari bilan kurashishi kerak

  • 10.04.2026 11:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

PSJ &quot>Aston Villa" futbolchisi Morgan Rojers uchun kurashga qo‘shildi.

Avvalroq 23 yoshli futbolchiga Angliyaning yetakchi klublari — &quot>Arsenal", &quot>Chelsi" va &quot>Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. &quot>The Telegraph" ma’lumotiga ko‘ra, endi parijliklar ham bu transferga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Birmingem klubi o‘z yulduzi uchun 80 million funtdan yuqori mablag‘ talab qiladi. Agar da’vogarlar soni bir nechta bo‘lib qolsa, qat’iy transfer summasi 90 million funtgacha, bonuslar bilan esa qariyb 100 million funtgacha yetishi mumkin.

Transferdan tushadigan mablag‘ning bir qismi har qanday holatda &quot>Midslbro"ga tegishli bo‘ladi. Chunki &quot>Aston Villa" futbolchini 15 million funtga sotib olgan va foydaning 20 foizini sobiq klubiga o‘tkazib berishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!