PSJ futbolchilari hayratda!

  • 23.07.2023 16:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

PSJ futbolchilari Kilian Mbappening Yaponiya bo‘ylab turnega kiritilmaganidan hayratda.

"RMC Sport xabariga ko‘ra, PSJ futbolchilari klub rahbariyatining qaroridan hayratda qolgan. Shunga qaramay, jamoada yaxshi muhit mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe shartnomani bir yilga uzaytirish variantini faollashtirishdan bosh tortgani uchun PSJ uni mavsumoldi safari uchun tarkibdan chetlatgandi. Kilian Frantsiyada qoldi, u klubdan ketishi kutilayotgan bir guruh futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

31 iyulgacha Mbappeda shartnomani yangilash optsiyasini faollashtirish imkoniyati bor. Agar bu amalga oshmasa, u 1 avgust kuni transferga qo‘yiladi.

"RMC Sport" xabariga ko‘ra, hujumchiga "Chelsi" va Saudiyaning "Al-Hilol" klublari faol qiziqish bildirmoqda, ular futbolchiga ikki yil ichida 400 million evro taklif qilishga tayyor.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!