PSJ g‘alaba qozondi, ammo... (video)
Frantsiya chempionatining so‘nggi 38-turida PSJ safarda “Brest”ga qarshi bahs olib bordi.
Romen Fevr (37' avtogol) va Kilian Mbappe (71') tomonidan kiritilgan gollar parijliklarga 2:0 hisobida g‘alaba keltirdi. Biroq ushbu g‘alaba PSJni chempion bo‘lishiga etarli bo‘lmadi. Pochettino shogirdlari “Lill”dan so‘ng 2-o‘rinda qolib ketishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar