PSJ hujumchisi "Yuventus"ga o‘tmoqda

  • 15.01.2025 16:39
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" PSJ hujumchisi Randal Kolo-Muanini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Tomonlar kelishuvga erishgan, futbolchi mavsumning qolgan qismini Turinda o‘tkazadi. 

Ma’lum bo‘lishicha, shartnomada frantsiyalik straykerni sotib olish bandi yo‘q. Shu bilan birga, uning maoshini to‘liq Parij jamoasi to‘lab beradi. Ammo ijara uchun "Yuventus" 5 million evro atrofidagi summani to‘laydi. 

Rasm

Ushbu mavsum 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan Kolo-Muani uchun 2023 yilda "Ayntraxt"dan 95 million evro to‘langan. Ammo ushbu transferi omadsiz bo‘ldi. 

O‘z vaqtida Randal Bundesliganing eng kuchli straykerlaridan biri bo‘lgan. U "Yuventus"da ham o‘z darajasini tiklashga harakat qilib ko‘radi. Ayni paytda frantsuz Italiya tomon yo‘lga otlanmoqda, tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin transfer rasman e’lon qilinadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!