PSJ ikkiga bo‘lingan! Muammo nimada?

  • 27.07.2023 02:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

PSJda Kilian Mbappe bilan bog‘liq vaziyat tufayli muhib buzildi. 

Bilasiz, Parij klubi hujumchini Yaponiyaga bo‘ladigan turne uchun ro‘yxatdan chiqarib tashlab, uni transferga qo‘ygandi. 

Jamoa sardori Markinos Mbappeni qo‘llab-quvvatladi. "Umid qilamanki, u qaytib keladi va PSJga yordam beradi. Ajoyib futbolchi". 

"RMC Sport" xabariga ko‘ra, braziliyalikning bu gapidan klubning qatarlik egalari norozi bo‘lgan. PSJ prezidenti Nosir-Al Xelayfiga ham bu yoqmaganan. 

PSJ futbolchilari bu vaziyatda ikkiga bo‘lingan. Ushbu jarayon ularga dam olish imkonini bermayapti. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!