PSJ Keyn bo‘yicha hazillashmayapti. Klub hujumchi uchun 100 million to‘lashga tayyor!

  • 12 iyul, 2023, 18:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Parijliklar bu yo‘lda "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni sotib olmoqchi.

Tecno

"RMC Sport" nashrining xabar berishicha, Parij grandi angliyalik forvard uchun 100 million evro to‘lashga tayyor. Muzokaralar kelasi haftada boshlanishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, PSJ Kilian Mbappe bilan bog‘liq vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun uning o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda. Variantlar orasida Keyndan tashqari Dushan Vlaxovich ("Yuventus"), Viktor Osimxen ("Napoli") va Randalo Kolo-Muani ("Ayntraxt") kabi hujumchilar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!