PSJ "Malorka"ning janubiy koreyalik futbolchisini sotib olishga yaqin turibdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi "Malorka"dan Li Kang-Inni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Foot Mercato" nashri xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, transfer yakuniy bosqichda. 22 yoshli janubiy koreyalik futbolchi uchun parijliklar 15 million evroning baxridan o‘tadi. 

Liga PSJdan tashqari "Atletiko" ham qiziqish bildirayotgandi. Ammo yarim himoyachi Frantsiya klubining taklifini qabul qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, Kang-In yakunlangan mavsum La Liganing 36 o‘yinida 6 gol va 7 assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!