PSJ Mbappe bo‘yicha supertaklif oldi

  • 08.07.2023 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” rahbariyati Kilian Mbappeni olish bo‘yicha amaliy harakatlarni boshladi.

Taniqli jurnalist Edu Agirre Angliya klubi Kilian Mbappe transferi uchun PSJga 200 million evro taklif qilganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlarning muzokarasi hozircha tez va ijobiy davom etmoqda.

PSJning asl maqsadi Kilian Mbappe bilan hamkorlikni 2025 yilgacha uzaytirish. Agar 24 yoshli hujumchi ikki hafta ichida bunga ko‘nmasa, tezroq uni sotib yuborish talab etiladi.

Mbappening o‘zi bir yil PSJda qolib, 90 million evro sodiqlik bonusi va 60 million evro maoshini olganidan keyin “Real”ga erkin agent sifatida o‘tib ketmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!