PSJ Mbappega 90 million evro bonus to‘laydi, agar...
Kilian Mbappe yozda PSJni tark etmasa, katta bonus oladi. RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, agar Mbappe yozda Parijda qolsa, u 90 million evro bonus oladi.
Qayd etilishicha, Kilian PSJdan norozi. U o‘tgan yozda klubning transfer bozoridagi siyosatidan qoniqmagan. Bu nafaqat jamoaga qo‘shilganlar, balki uni tark etganlarga ham tegishli. Qolaversa, Mbappeni PSJ mavsum boshlanishidan oldin unga tegishli bo‘lgan bonusni to‘lamagani ham g‘azablantirdi.
Hozircha PSJda hech kim Mbappening shu yozda ketishini tasavvur ham qila olmaydi.
Oldinroq Mbappe PSJ bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirish variantini faollashtirmasligi ma’lum bo‘lgandi. Fransiyalik futbolchi joriy mavsum PSJ safida 41 ta o‘yinda 40 ta gol urgan.

Fikrlar