
PSJ Mbappeni yarim narxiga sotib yuborishga qaror qildi
PSJ rahbariyati Kilian Mbappeni tezroq sotib yuborib, muammodan qutilishni istamoqda. 24 yoshli hujumchi yana bir yil parijliklar safida qolmoqchi.
Klub agar Mbappe shartnomani uzaytirmaydigan bo‘lsa, kelasi mavsum PSJ tarkibida o‘ynamasligini ta’kidlayapti.
The Athletic nashrining xabar berishicha, PSJ xo‘jayinlari Mbappeni 200 million evroga sota olmasligini tushunib etgan. Endi parijliklarni 100 million evrodan ko‘proq har qanday taklif qoniqtirishi aytilmoqda.
Mbappeni so‘rayotgan jamoalar soni ko‘payib bormoqda. Biroq, futbolining o‘zi faqat “Real”da to‘p tepmoqchi.
Fikrlar