PSJ posboni takrorlanmas rekordni mo‘ljallamoqda
Chempionlar ligasining finaliga yo‘llanma olgan PSJ darvozaboni Keylor Navas tarixiy rekord ostonasida turibdi.
UEFA bergan ma’lumotga qaraganda, Navas ayni paytda Chempionlar ligasida uch marotabadan zafar quchgan etti darvozabondan biridir. Bu natijaga undan tashqari Xuan Alonso, Iker Kasilyas, Rey Klemens, Zepp Mayer, Xeynts Styoĭ va Viktor Valdes erishgan.
Agar Chempionlar ligasi finalida PSJ bosh sovrinni qo‘lga kiritsa, tajribali Navas ushbu musobaqada to‘rt marotaba g‘olib chiqqan dunyodagi yagona darvozabon bo‘ladi. Keylor “Real” darvozaboni sifatida 2016, 2017 va 2018 yillarda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Fikrlar