PSJ va "Real" vakillari Mbappening transferi borasida muzokaraga kirishdi

  • 13 iyun, 2023, 12:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ va "Real" klublari hujumchi Kilian Mbappening transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda "PSG Community" ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Parij giganti xo‘jayinlari 24 yoshli yulduzni tekinga yo‘qotib qo‘yishni istashmayapti, shu bois o‘zlari "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres bilan bog‘lanib, yozda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan transfer tafsilotlarini muhokama qilishgan. Shu bilan birga, frantsuz klubi Mbappeni 200 million evrodan kamiga qo‘yib yuborishni istamayapti.

"Transfermarkt" portali Kilianni 180 millionga baholamoqda. Uning parijliklar bilan mehnat shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!