PSJ xo‘jayini Messi bo‘yicha qattiq topshiriq oldi
Lionel Messining kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda va eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylandi.
35 yoshli jahon chempionining PSJ bilan kelishuvi uch oydan keyin yakunlanadi. Hali yangi bitim bo‘yicha biror yangilik bo‘lgani yo‘q.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy klubning qatarlik egalaridan qattiq topshiriq olgan.
Dohadan Al-Xelaifiy jiddiy topshiriq kelgan. U nima qilib bo‘lsa ham, Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirilishini ta’minlashi kerak, - deb yozmoqda manba.
Messi 2021 yildan beri parijliklar safida 66 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 29 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 32 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar