PSJ Xulian Al’vares uchun ulkan taklif tayyorladi
PSJ klubi "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni oʻz safiga qoʻshib olish uchun katta taklif bilan chiqqan.
El Chiringuito TV maʼlumotiga koʻra, parijliklar 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun 120 million yevro va ikki nafar oʻyinchini taklif qilgan. Ushbu futbolchilar Li Kan In hamda Gonsalu Ramush boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.
Shuningdek, PSJ Alvaresga "Oltin toʻp" sohibi Usmon Dembele darajasida maosh berishga tayyor. Gap soliqlardan keyin yiliga 22 million yevro haqida ketmoqda.
Avvalroq Alvares uchun "Barselona" ham taklif tayyorlayotgani, kataloniyaliklar hatto futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Maʼlum boʻlishicha, "Atletiko" hujumchini taxminan 150 million yevro evaziga qoʻyib yuborishga tayyor.

Fikrlar