PSJ yoki "Real": Mbappening tanlovi ma’lum

  • 27.05.2023 11:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ yulduzi Kilian Mbappening kelajagi borasidagi rejalari ma’lum bo‘ldi. "RMC Sport" nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli hujumchi kelasi mavsumda parijliklar safida qolishga qaror qilgan.

Manbaning qayd etishicha, Mbappe PSJda hamma narsadan mamnun, transfer hali uning rejalariga kiritilmagan. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, agar xohlasa, Kilian bir mavsumga uzaytirish variantini faollashtirishi mumkin.

Avvalroq OAVda Mbappening "Real"ga o‘tishi qizg‘in muhokama qilingandi.

Joriy mavsumda hujumchi parijliklar safida 40ta o‘yinda maydonga tushib, 38ta gol va 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!