PSJda jiddiy yo‘qotish bor!
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti jarohati sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi.
L’Equipe tarqatgan xabarga qaraganda, italiyalik futbolchi katta ehtimol bilan Chempionlar ligasining qolgan qismida jamoasiga yordam berolmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u mashg‘ulotlar paytida jamoadoshi bilan to‘qnashuv oqibatida jiddiy jarohat olgan.
PSJni oldinda EChL 1/4 finalidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Ushbu bellashuv 12 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar