
PSJning yangi yulduzi Navasni jamoaga sig‘dirmayapti
Darvozabon Keylor Navas PSJni yaqin vaqtlar ichida tark etishi mumkin.
"Foot Mercato" nashri bergan xabarga ko‘ra, Janluiji Donnarummaning qaysarligi Keylor Navas ketishiga sabab bo‘lmoqda. U faoliyatini "Napoli" jamoasida davom ettirishi borasida xabarlar chiqmoqda.
35 yoshli kosta-rikalikning amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. U o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatining 21 uchrashuvida maydonga tushib, o‘z darvozasidan 18 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar