Qaysi biring maoshingni oqlayapsan?

  • 25 aprel, 2022, 08:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Daily Mail va L’Équipe nashrlari Krishtianu Ronaldu Anglimya premer-ligasining eng katta maosh olayotgan futbolchisi bo‘lib turganini yozmoqda.

Qizig‘i shundaki, premer-liganing eng katta maosh oluvchi futbolchilarining beshtasidan to‘rt nafari “Manchester Yunayted” vakillaridir.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ronaldu bir mavsum uchun 26,4 million funt maosh olyapti.  “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne 20,4 million funt bilan ikkinchi pog‘onada joylashgan.

Qolgan uchta o‘rin “Manchester Yunayted” vakillari – darvozabon David de Xea 19,2 million, yarim himoyachi Jeydon Sancho 18 million va himoyachi Rafael Varan 15,6 million funt maosh olmoqda.

“Manchester Yunayted” o‘z futbolchilariga katta maosh to‘layotganiga qaramay, jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarning birortasini uddalay olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!